O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 02 sentyabrdagi «Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-291-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining «Qimmatli qog‘ozlar daromadlari (dividendlar, foizlar) to‘lovlarini «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» AJ va (yoki) investitsiya vositachilari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug‘iga asosan, Qimmatli qog‘ozlar daromadlari (dividendlar, foizlar) to‘lovlarini «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» AJ va (yoki) investitsiya vositachilari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Mazkur nizomning 3-bandiga asosan, qimmatli qog‘ozlar egalariga qimmatli qog‘ozlar daromadlari emitent bilan Markaziy depozitariy o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida Markaziy depozitariy tomonidan to‘lanashi belgilangan.
Ushbu bilan «O‘zbekinvest» EISK» AJ aksiyadorlarining 2025 yil 30 iyunda bo‘lib o‘tgan yillik umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan, joriy yilning 17 iyuldan boshlab jamiyatning aksiyadorlariga dividendlar to‘lanishi boshlanganligini ma’lum qilamiz.
Dividendlar to‘lanadigan aksiyadorlar ro‘yxati 2025 yil 24 iyun holatiga tuzilgan.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Jamiyatga +998 78 120-03-52 yoki «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» AJga +998 71 211-09-09 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.