«Oʼzbekinvest» EISK» АJ aktsiyadorlari diqqatiga!

chop etish versiyasi
27.06.2024

Ushbu bilan 2024 yil 26 iyun kuni soat 15:00da «Oʼzbekinvest» EISK» АJ aktsiyadorlarining yillik umumiy yigʼilishi boʼlib oʼtganligini va uning kun tartibiga «Oʼzbekinvest» EISK» АJning 2023 yil yakuni boʼyicha olingan sof foydasini taqsimlash masalasi kiritilib, yigʼilish qaroriga asosan Jamiyatning imtiyozli aktsiyalari egalariga dividendlar toʼlash toʼgʼrisida qaror qabul qilinganligini maʼlum qilamiz.

Dividendlar toʼlanadigan aktsiyadorlar roʼyxati 2024 yil 20 iyun holatiga tuzilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, dividendlarni toʼlash uchun quyidagi havolaga oʼtib arizangizni toʼldirib, to’ldiriligan arizangizni, pasportingizning nusxasini, STIR va SHJBPHni treasury@uzbekinvest.uz elektron pochtasiga yuborishingizni soʼraymiz.

Qoʼshimcha maʼlumot uchun Jamiyatga +998 78 120-03-52, +998 78 120-03-50 yoki anderrayterga +998 71 286-20-31, +998 71 286-20-32 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Dividendlarni to'lash uchun rekvizitlarni taqdim etish