«Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasining jizzaxlik g'oliblari aniqlandi

chop etish versiyasi
14.12.2018

Joriy yilning 13-dekabr kuni «Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasining Jizzax viloyatidagi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda «O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi mijozlari, hamkorlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

2018 yilning 1-avgustidan 30-noyabrigacha «Mening uyim – mening Vatanim» sug'urta polisini sotib olgan kompaniya mijozlari o'rtasida o'tkazilgan «Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasi respublikamizning barcha hududlarini qamrab oldi va unda 21 ming nafarga yaqin yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.

Tasodifiy raqamni tanlash yo'li orqali kompaniyaning Jizzax viloyatidagi quyidagi omadli mijozlari g'olib deb topildi va qimmatbaho sovg'alar egalariga aylanishdi:

  1. Mamatov G'ulomjon (elektron choynak)
  2. Mo'minov Karimjon (mikser)
  3. Nadirbabayeva Kibriyaxon (buterbrotnitsa)
  4. Umarov Akbar (dazmol)
  5. Nazarov Otabek (miniduxovka)
  6. Abduraimov Shukurullo (mikroto'lqinli pech)
  7. Ibatov Baxtiyar (idishlar to'plami - 6 kishi uchun)
  8. Nizomov Sobir (elektron go'sht maydalagich)
  9. Xolmamatova Jamila (konditsioner)
  10. Xudaykulov Mamatkul (muzlatgich)

G'oliblarni tabriklaymiz va aksiyaning barcha ishtirokchilariga kompaniyaga bo'lgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildiramiz.

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati