Sugʼurta ishida Underwriter ning roli

chop etish versiyasi
03.04.2022

"Sugʼurta ishida Underwriter ning roli " mavzuidagi oʼquv mashgʼuloti.
Joriy yilning 02 aprelь kuni Toshkent moliya institutining “Sugʼurta ishi” taʼlim yoʼnalishida bilim olayotgan 3- va 4 - kurs talabalari uchun “Oʼzbekinvest” SK ning Markaziy binosida ochilgan "Sugʼurta va pensiya ishi" kafedrasining filialida “Sugʼurta maktabi” tomonidan oʼquv dasturi rejasiga asosan nazariy- amaliy bilimlardan iborat oʼquv mashgʼuloti boʼlib oʼtdi.

Oʼquv mashgʼuloti avvalida Anderrayter kasbi xaqida gapirilib, uning vazifasi, faoliyatining asosiy yoʼnalishlari nimalardan iboratligi tushuntirildi. Jumladan, Anderrayting lavozimida ishlash uchun xodim qanday bilimlarga ega boʼlishi, bu kasb faoliyatining xorij tajribalari, Sugʼurtalashdagi roli boʼyicha batafsil maʼlumot berildi. Oʼtilgan darsni mustahkamlash maqsadida test sinovi ham yozildi.

Ushbu oʼquv mashgulotlarida institut pedagog xodimlari ham oʼz tajribalarini oshirish maqsadida ishtirok etdilar.