2021 yilda "Oʼzbekinvest" xalqaro sugʼurta bozorida operatsiyalari hajmini 3 baravar oshirdi

chop etish versiyasi
07.04.2022

Xalqaro LIoyds sugʼurta bozoriga "Oʼzbekinvest" EISK АJ ning faol kirib kelishi natijasida kompaniya 2021 yilda dunyo miqyosidagi sugʼurta bozorida oʼz faoliyati va koʼrsatadigan xizmatlari turini kengaytirib, qayta sugʼurtalash boʼyicha yalpi yigʼimni 20 million АQSh dollariga teng ekvivalentda taʼminladi va biznes hajmlarining dinamik oʼsishini
2020 yil natijalariga nisbatan 304% ga oshirdi.

Mazkur koʼrsatkich boʼyicha kompaniya respublikada yetakchi oʼrinni egallagan boʼlib, kiruvchi qayta sugʼurtalash (xizmatlar eksporti) orqali
15,5 million АQSh dollar miqdorida sugʼurta mukofotlari yigʼilishini taʼminladi, bu esa 2021 yil mobaynida respublika sugʼurta kompaniyalari tomonidan yigʼilgan qayta sugʼurta mukofotlari umumiy hajmining
49 foizini tashkil etdi.
Shuni taʼkidlash lozimki, soʼnggi 5 yilda kompaniyaning sugʼurta portfelidagi xizmatlar eksportining ulushi 0,1 foizdan 43 foizga oshgan.

Xususan, “Allianz SE” (Germaniya), “Zurich Insurance Group” (Shveytsariya), “Tokio Marine & Nichido Fire Insurance Co” (Yaponiya), AXA (Frantsiya), “People Insurance Company of China” (Xitoy), “Korean Reinsurance Company” (Koreya), “Marsh” (АQSh), “AON”, “UIB”, “Consilium Insurance Brokers Ltd” (Buyuk Britaniya) kabi dunyo miqyosida tan olingan, mashhur transmilliy sugʼurta va global qayta sugʼurtalash kompaniyalari hamda brokerlari bilan 477 ta qayta sugʼurtalash shartnomalari tuzilgan.

5 yil avval tashqi bozorda qayta sugʼurtalash daʼvolarining qoplamalar hajmi 130 АQSh dollari miqdorini tashkil etgan boʼlsa, oʼtgan davr mobaynida ushbu koʼrsatkich koʼtarilib bordi va 2021 yilda 252 ming АQSh dollarini tashkil etdi.

Bu koʼrsatkichlarning barchasi xalqaro sugʼurta bozorining ishtirokchilari va xorijiy hamkorlari, jumladan, dunyoning LIoyds xalqaro sugʼurta bozori tomonidan ham “Oʼzbekinvest” kompaniyasining tan olingani, uning faol va nufuzli ishtirokchisi sifatida eʼtirof etilganidan dalolat beradi.

Joriy yilda “Oʼzbekinvest” kompaniyasi sugʼurta va qayta sugʼurtalash xizmatlari hajmini kengaytirish, mijozlar va xalqaro hamkorlar uchun jaxon standartlari darajasida tezkorlik, xizmat koʼrsatish sifati
va ishonchliligini oshirilishi yoʼnalishlarida qator chora-tadbirlar amalga oshirilishini davom etadi.