O'zbek tili bayrami kuni

chop etish versiyasi
19.10.2022

photo_2022-10-19_17-07-09

Kompaniya tuzilmalarida 21 oktyabr “O'zbek tili bayrami kuni”, Davlat gerbi va bayrog'i ta'sis etilganligining 31-yilligini keng nishonlash maqsadida bugun, 19 oktyabr kuni Bosh Kompaniya va hududiy tuzilmalar xodimlari uchun, ZOOM elektron dasturidan foydalangan holda, “Davlat tili, ramzlari- xalqimiz faxri, iftixoridir! ” mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Unda asosiy ma`ruzachi etib O'zMTRKning siyosiy sharhlovchisi, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist, professor, akademik- yozuvchi Qobilbek Karimbekov ishtirok etdi. Unda o'zbek tilining nufuzi, davlat ramzlarining ma'nosi, mustaqillikka ega bo'lgan davlatning ramzlari ahamiyati xaqida so'z bordi.

photo_2022-10-19_17-11-24