Oʻzbekinvest Buxoro viloyatida yuz bergan kuchli shamoldan yetgan zararlar uchun sugʻurta qoplamalarini toʻlab berdi

chop etish versiyasi
01.05.2020

Oʻzbekinvest kompaniyasi Buxoro, Samarqand, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari tumanlarida shiddat bilan sodir boʻlgan tabiy ofat – kuchli shamol oqibatida mol-mulki ziyon koʻrgan mijozlardan arizalarni zudlik bilan qabul qilishni boshladi. Hozirda qabul qilingan 40 ta arizadan 5 tasi tezkor koʻrib chiqilib, 35,4 mln. soʻm toʻlab berildi.

Qolgan arizalar boʻyicha ham zarur qoplamalar yaqin kunlarda toʻlab beriladi.

Oʻzbekinvest kompaniyasi yana bir bor fuqarolarga oʻz mulklarini turli tabiy hodisalardan sugʻurta qilishlarini qatʼiyan tavsiya etadi. 

Sugʻurta – bu har bir inson uchun sugʻurta toʻlovini olishiga hamda oʻz mol mulki va jamgarmasini saqlab qolishiga imkon beruvchi sinalgan xizmat.