"O'zbekinvest" kompaniyasi eksport operatsiyalarini amalga oshirishda ro'y berishi mumkin bo'lgan xavf-xatarlar oqibatlaridan himoya qilish uchun sug'urta mexanizmidan foydalanishning imkoniyatlarini ishlab chiqarish tashkilotlari, tadbirkorlar hamda kichik va o'rta biznes vakillariga yetkazish hamda sug'urtaning afzalliklari haqidagi tashviqot-targ'ibot ishlarini tizimli ravishda olib borishni yo'lga qo'ydi.
2021 yil 1-4 fevral kunlari kompaniya xodimlari Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlaridagi eksportchi korxonalarga tashrif buyurib bevosita muloqotlar o'tkazdilar. Uchrashuvlarda 2020-yilning avgust oyida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan eksport sug'urtasini amalga oshirishning yangi tartibi tasdiqlanganligi hamda eksport sug'urtasidan foydalanganda sug'urta mukofoti uchun to'lov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi joriy etilganligi haqida kengaytirilgan ma'lumotlar va tushuntirishlar berildi. Eksportchilar o'zlarining faoliyatlarini amalga oshirishlarida paydo bo'layotgan muammolar o'rganildi.