Tanlovga bakalavriatning 4-bosqich, va magistraturaning 1- va 2-bosqich talabalari taklif etiladilar. Tanlov g'oliblari uchun quyidagi pul mukofotlari joriy qilingan:
Mukofot jamg'armasi: 18 000 000 sum.
Shu jumladan:
1-o'rin - 3 000 000 so'm
2-o'rin - 2 000 000 so'mlik 2 ta pul mukofoti.
3-o'rin - 1 000 000 so'mlik 3 ta pul mukofoti.
1-o'rin olgan talaba ilmiy rahbariga - 2 000 000 sum
2-o'rin olgan 2 ta talabalar ilmiy rahbarlariga - 1 500 000 sumdan
3-o'rin olgan 3 ta talabalar ilmiy rahbarlariga - 1 000 000 sumdan
Ilmiy ishlarni topshirish muddati: 2019-yilning 1-iyunigacha.
Til: o'zbek, rus, ingliz tillaridan biri.
Ilmiy ishlar mavzulari:
- O'zbekiston sug'urta bozori: muammolari va rivojlanish istiqbollari.
- O'zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalar qaltisliklari sug'urtasining hozirgi holati va ustuvor yo'nalishlari.
- Sug'urta bozorida demping bilan kurashishning chet el tajribasi va uni O'zbekiston sharoitida qo'llashning muammolari.
- Sug'urta kompaniyasi biznes-jarayonlarini mukammallashtirish: O'zbekiston va chet el tajribalarini qiyosiy tahlili.
- O'zbekistanda internet-sug'urtasini rivojlantirishning muammolari va rivojlantirish istiqbollari.
Ilmiy ishga talablar: Hajmi 40-80 varaq, Times New Roman shrifti, 14-kegel, matn qatorlari orasidagi interval – 1,5. Abzasning 1-qatori uchun chetlanish (otstup) – 1 sm. Ilmiy ishning printerda chop etilgan 1 nusxasi quyidagi manzilga topshiriladi: 100097. Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'chasi, S-mavze, «O'zbekinvest» EIMSK bosh binosi. Ilmiy ishning Ms Word dasturida *.doc yoki *.docx formatida tayyorlangan elektron nusxasi quyidagi e-mail adresga jo'natiladi: konkurs-25@uzbekinvest.uz.
G'oliblar ro'yxati 2019-yilning 14-iyun kuni www.uzbekinvest.uz saytida e'lon qilinadi.
Pul mukofotlari va g'oliblik diplomlari 2019 yil 21 iyunь kuni Kompaniya rahbariyati vakillari tomonidan bevosita g'olib o'qiyotgan o'quv yurtida tantanali sharoitda topshiriladi.
Ushbu Konkurs bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefon bo'yicha olishingiz mumkin: 78 120 03 74.