O'zbekinvest Pragada

chop etish versiyasi
11.10.2022

Xodimlarning kasb darajalarini oshirish va ushbu tizimni takomillashtirish maqsadida “Oʼzbekinvest”EISK АJ mutaxassislari va yosh kadrlardan tashkil topgan 15 nafar xodimlari 2022 yil 19-30 sentyabrь kunlari Chexiya davlatining Praga shahrida boʼlib oʼtgan “Sugʼurta faoliyatidagi zamonaviy uslublar va sugʼurta polislarini sotishga innovatsion faoliyatni tadbiq etish” mavzuidagi xalqaro seminarda ishtirok etdilar. Xalqaro tadbir tashkilotchilari - Praga shahrining Diplomatiya akademiyasi, Yevropa hamkorligi instituti va Moliya tizimi boʼldi. Tadbirning tantanali marosimini Diplomatiya akademiyasi direktori doktor Sirill Svoboda tabrik soʼzi bilan ochdi. Xalqaro seminar dasturi doirasida Kompaniya xodimlari Generali group sugʼurta kompaniyasiga tashrif buyurishdi va u yerda 4 kun maboynida chakana savdo yoʼnalishidagi “Katta qaltisliklar sugʼurtasi ”, “Dengiz orqali tashish sugʼurtasi”,“Аviatransport vositasini sugʼurtalash” mavzuilaridagi maʼruzalarni eshitdilar.

photo_2022-10-11_17-11-33