"Oʻzbekinvest" ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurtasi boʻyicha 132,9 mln soʻm toʻlab berdi

chop etish versiyasi
19.04.2020

6 apreldan 17 aprelgacha boʻlgan muddat davomida “Oʻzbekinvest” 132,9 mln soʻm sugʻurta qoplamasini toʻladi, korxonada roʻy bergan baxtsiz hodisa natijasida ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish polisiga ega shaxs Yu.A. mehnat qobiliyatini yoʻqotdi va unga bitta sugʻurta hodisasi uchun eng yirik boʻlgan toʻlov – 106,7 mln soʻm miqdorida sugʻurta badali toʻlab berildi.

Ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish polisi tufayli turli sohalardagi ishchilar ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan oʻzlarining mehnatga layoqatliliklarini sugʻurtalash imkoniyatiga ega boʻladilar. Shu bilan birga, polis xodim tomonidan emas, balki xodimlariga oldindan gʻamxoʻrlik qiladigan ish beruvchi tomonidan olinadi.

Shunisi qiziq-ki, kompaniyaning yoʻqotishlarini oʻrganish tartibi qayta koʻrib chiqilib, toʻlov jarayoni avtomatlashtirilmoqda, koʻplab jarayonlar raqamli formatga oʻtkazilmoqda. Tez orada kompaniya mijozlarini bundanda yoqimli sovgʻalar kutmoqda – sugʻurta toʻlovlari yanada qulay boʻladi.

“Oʻzbekinvest” sugʻurta kompaniyasi ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash amalda foydali va qulay ekanligini isbotlamoqda.

Sugʻurta polisini roʻyxatdan oʻtkazish: insurance.uz

Aloqa-markazi: 71 207 60 00

“Oʻzbekinvest” EIMSK axborot xizmati