Aholi o'rtasida sug'urta xizmatlarini yanada ommalashtirish, sug'urtaning majburiy va ixtiyoriy turlariga respublikaning chekka hududlarini ham jalb etish maqsadida “O'zbekinvest” milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan «Mobil sug'urta bo'yicha eng yaxshi xodim» tanlovining g'oliblari aniqlandi.
Oxirgi yillarda “O'zbekinvest” kompaniyasi tomonidan jismoniy shaxslar bilan ishlash, sug'urta tizimiga shahar va qishloq aholisini faol jalb qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda sug'urta xizmatlari qamrovini yanada kengaytirish, ko'rsatilayotgan xizmatlarning aholi uchun qulay va tezkorligini ta'minlashda mobil sug'urta xodimlari muhim rol o'ynaydi. Mobil sug'urta xodimlarining malakasini oshirish va doimiy rag'batlantirish tabiiyki, ularning ish sifatiga ijobiy ta'sir etadi. Ushbu jihatlar inobatga olinib, “O'zbekinvest” kompaniyasi tomonidan mobil sug'urta xodimlarining eng yaxshilarini taqdirlash maqsadida tanlov e'lon qilingan edi.
Ta'kidlash joizki, kompaniya tomonidan sug'urta himoyasining afzalliklarini tushuntirish bo'yicha olib borilayotgan tadbirlar natijasida oxirgi yillarda aholi o'rtasida sug'urta xizmatlariga bo'lgan qiziqish va talab ortib bormoqda.
Sug'urta xizmatlari sifatini oshirish va hududlarda faoliyat geografiyasini kengaytirish, yangi va jozibador sug'urta mahsulotlarini joriy etish hamda jismoniy va yuridik shaxslar kesimida faol sug'urta faoliyatini yuritish natijasida joriy yilning o'tgan 6 oyi davomida kompaniya tomonidan qariyb 153 mlrd. so'm hajmda sug'urta mukofotlari yig'ilgan va 2018-yilning shu davriga nisbatan o'sish 135,5 foizni tashkil etgan. Shundan faqat jismoniy shaxslar kesimida yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi esa 18,6 mlrd. so'mni yoki o'tgan yilga nisbatan 2 barobar ko'pni tashkil etgan.
Kompaniya tizmida jismoniy shaxslar bilan ishlash bo'yicha yondashuvning tubdan yaxshilanishi natijasida joriy yilning o'tgan davri mobaynida faqat jismoniy shaxslar bilan tuzilgan sug'urta shartnomalari soni 243 mingdan ortiqni yoki o'tgan yilning shu davriga nisbatan o'sish 152 foizni tashkil etgan.
2019-yilning 19-iyul kuni ushbu tanlovning g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi va unda eng yaxshi mobil sug'urta xodimlariga qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi.
1-o'rin – Ibragimova Orzigul Otajon qizi, Andijon viloyati (muzlatgich);
2-o'rin – Mamatova Yulduzxon Abdusalomovna, Andijon viloyati (43 diagonalli televizor);
3-o'rin – Norbo'tayeva Navbahor Xolmo'minovna, Samarqand viloyati (gaz plitasi).
«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati