Sug‘urta hodisasi yuz berganda mijozlarning da'volarini imkon qadar tez ko‘rib chiqib, ularning mol-mulki yoki sog‘lig‘iga yetgan zararni o‘z vaqtida qoplab berish «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida kompaniya tomonidan 9 mingdan ortiq sug‘urta da'volari ko‘rib chiqilib, ular bo‘yicha qariyb 14,3 mlrd. so‘m sug‘urta qoplamasi to‘lab berildi.
Ko‘rib chiqilgan sug‘urta da'volarining 85 foizi ixtiyoriy sug‘urta turlari ulushiga to‘g‘ri kelishi Kompaniya tomonidan sug‘urta himoyasining afzalliklarini tushuntirish bo‘yicha oxirgi yillarda olib borilayotgan tadbirlar natijasida aholining sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan qiziqish va talabining ortayotganidan dalolat beradi.
Ta'kidlash kerakki, ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasi, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta, majburiy avtosug‘urta, ixtiyoriy avtosug‘urta, tashuvchining professional javobgarligi sug‘urtasi, mol-mulk sug‘urtasi, qurilish qaltisliklari sug‘urtasi shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar sug‘urta qoplamalarining asosiy qismini tashkil etadi.
Joriy yilning faqat sentyabr' oyida esa mijozlarga 1,5 mlrd. so‘mdan ortiq sug‘urta qoplamalari to‘lab berilgan.
Bugungi kunda «O‘zbekinvest» kompaniyasining tunu-kun ishlovchi dispetcherlik xizmati faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ushbu xizmat mijozlar murojaatlari bo‘yicha barcha ma'lumot va maslahatlarni bermoqda. Kompaniyaning maxsus assistans xizmati esa Toshkent shahri va poytaxt viloyati hududida sug‘urta hodisalari yuz berganda voqea joyiga yetib borib, zarur yordamni ko‘rsatmoqda.
«O‘zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati