2020 yilning 22 mart kuni "Yoshlar" telekanalida "O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasining keng ko'lamli aksiya yakunlari e'lon qilindi.
Qimmatbaho sovg'alarni va bosh sovrin - Nexia 3 avtomashinasini kim yutganligi jonli elon qilindi!
Takroriy efirni quyidagi manzilda ko‘rishingiz mumkin https://youtu.be/qL1cxb3df6E
«O'zbekinvest» sug'urta kompaniyasi har yili so‘vrinlar aksiyasini o‘tkazadi va «O'zbekinvestdan Suyunchi» aksiyasi ham bu yili nafaqat so'vrin jamg'armasi balki ishtirokchilar soni bo'yicha ham oshib ketdi.
Aksiya g'oliblarini to'g'ridan-to'g'ri translyatsiya shaklida e'lon qilish minglab vatandoshlarimiz va Instagram, Youtube , Facebook foydalanuvchilarini televizor ekranlariga va monitorlariga jalb qilish imkonini berdi. G'oliblar taniqli boshlovchilar, san'atkorlar va "Yoshlar" telekanali ma'muriyatidan iborat mustaqil komissiya a'zolari nazorati ostida aniqlandi.
Biz g'oliblar bilan suhbatlashdik va ularning kutilmagan omadga erishkanligi qanday tassurotlarga boy bo'lganini bilishni istadik.
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, Xojimurod Xojiyev, muzlatgich sovrinini yutib oldi:
"Men har doim "O'zbekinvest" kompaniyasida polis rasmiylashtiraman, lekin bunday aktsiyalarga ishonmasdim, ammo o'z nomimni g'oliblar ro'yxatida ko'rganimdan so'ng ishondim. Albatta, men juda hayron va xursand bo'ldim, g'alaba qozonish har doim yoqimli. Men yana boshqa tadbirlarda ishtirok etaman ”, dedi Xojimurod.
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi Umida Zaynutdinova Artel televizorini yutib oldi:
"G'alaba oldidan u oyinlarga ishonmas edi va sovrinli qog'ozlar shaffofligiga shubha bilan qarardi. So'nggi bor hech narsaga umid qilmay u "O'zbekinvest"da polis rasmiylashtirgan edi. "Adolat bor ekan, hamma narsa adolatli ekanligiga ayon bo'ldim", - dedi u o'z g'alabasi haqida.
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Vali Kuldashev konditsioner yutib oldi:
“Men va qarindoshlarim uchun bu juda yoqimli kutilmagan voqea bo'ldi. O'zbekinvest kompaniyasiga katta rahmat! Ushbu bayram uchun sizning rahbariyatingizga alohida minnatdorchilik bildiraman”.
Mana yangi g'oliblarning ijobiy munosabatlari. Omadingizni sinab ko'ring: "O'zbekinvest"dan "Chaqqon sug'urta" aksiyasida ishtirok eting va qimmatbaho so'vrinlardan birini qo'lga kiriting.
«O'zbekinvest» sug'urta kompaniyasi barcha mijozlariga ishonch va sadoqati uchun chin dildan tashakkur bildiradi.