«O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi tomonida sug'urta da'volarini ko'rib chiqish, mijozlarning mol-mulki, sog'lig'iga yetgan zararlarni imkon qadar tez vaqt ichida qoplab berish tizimi yo'lga qo'yilgan. Buning uchun kompaniyada 24 soat ishlovchi dispetcherlik xizmati hamda Toshkent shahri va poytaxt viloyati hududida sug'urta hodisalari yuz berganda voqea joyiga yetib borib, zarur yordamni ko'rsatuvchi assistans xizmati mavjud.
Agar raqamlarga murojaat qilinsa, joriy yilning aprel oyi davomida mingdan ortiq sug'urta hodisalari bo'yicha mijozlardan kelib tushgan murojaatlar asosida 1,7 mlrd. so'm hajmidagi sug'urta qoplamalari to'lab berildi. Ko'rib chiqilgan da'volarning 90 foizi ixtiyoriy sug'urta turlariga to'g'ri keladi.
Amalga oshirilgan sug'urta qoplamalarining ayrimlariga murojaat qilsak, sodir bo'lgan sug'urta hodisalari bo'yicha berilgan da'vo arizalarini ko'rib chiqilishi natijasida yetkazilgan zararlarni qoplab berish uchun ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtasi bo'yicha Surxondaryo viloyatida neft-gaz sohasida faoliyati yurituvchi korxonaga 500 mln. so'mdan ortiq, elektr tarmoqlari sohasida faoliyat yurituvchi korxonaga esa 82 mln. so'mdan ortiq sug'urta qoplamalari to'lab berildi.
Joriy yil boshidan buyon “O'zbekinvest” kompaniyasi tomonidan mijozlarga jami 7,7 mlrd. so'mdan ortiq sug'urta qoplamalari to'lab berilgan.
«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati