«O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi turli baxtsiz hodisalar oqibatida mijozlarning mol-mulki yoki sog'lig'iga yetgan zararni o'z vaqtida qoplab berishga alohida e'tibor qaratadi. Buning uchun ishonch telefoni va 24 soat ishlovchi dispetcherlik xizmati tashkil etilgan hamda maxsus assistans xizmati esa Toshkent shahri va poytaxt viloyati hududida sug'urta hodisalari yuz berganda voqea joyiga yetib borib, zarur yordamni ko'rsatmoqda.
2018-yilning avgust oyida «O'zbekinvest» kompaniyasi tomonidan jami 692 ta sug'urta da'volari ko'rib chiqilib, aholi sog'lig'i yoki mol-mulkiga yetgan zarar o'rnini qoplab berish uchun 662 mln. so'm sug'urta qoplamasi to'lab berildi. Mijozlardan kelib tushgan sug'urta da'volarining 575 tasi yoki 83 foizi sug'urtaning ixtiyoriy turlariga to'g'ri kelsa, 117 tasi yoki 17 foizi majburiy turlar ulushiga to'g'ri keladi.
«O'zbekinvest» kompaniyasi joriy yil boshidan buyon mijozlarga qariyb 7000 ga yaqin sug'urta da'volari bo'yicha 12,1 mlrd. so'mdan ortiq sug'urta qoplamalarini to'lab bergan.
«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati