«O'zbekinvest» kompaniyasi “Baxtli karta sohibi” aksiyasini o'tkazdi

chop etish versiyasi
25.12.2017

2017-yilning 25-dekabr kuni “O'zbekinvest” eksport-import milliy sug'urta kompaniyasida jismoniy shaxslar o'rtasida sug'urta xizmatlarini yanada ommalashtirish, sug'urta himoyasining afzalliklarini keng targ'ib qilish, ishlab chiqilayotgan sug'urta turlari bilan tanishtirish hamda kompaniya plastik kartochkalaridan foydalanuvchi mijozlarlar o'rtasida tashkil etilgan “Baxtli karta sohibi” bayram aksiyasining yakuniy marosimi bo'lib o'tdi.

Unda «O'zbekinvest» kompaniyasi mijozlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, kompaniya xodimlari ishtirok etdi.

Qariyb 24 yillik tarixga ega «O'zbekinvest» kompaniyasi o'tgan davrdagi faoliyatida ko'rsatilayotgan sug'urta xizmatlari sifatini oshirish, hududiy filiallar va bo'limlar ishini faollashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, mijozlar talab va ehtiyojlarini puxta o'rganishga qaratilgan sa'y-harakatlar natijasida bir qator ijobiy natijalarga erishildi.

Kompaniya faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri mijozlar manfaatiga mos keladigan barcha turdagi sifatli sug'urta xizmatlarini taqdim etishdan iborat. Tadbirda tashkilotchilar tomonidan ma'lumot berildiki, bugungi kunda 100 dan ortiq sug'urta mahsulotlari taklif etilmoqda. Mazkur yo'nalishdagi faoliyatni takkomillashtirib hamda mijozlar talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, joriy yilning o'tgan davri mobaynida aholi sog'lig'i, hayoti hamda yuridik shaxslar mulkiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan avtotransport vositalariga o'rnatilgan gaz-ballonlarni, madaniy boyliklarni, avtotransport haydovchisining fuqarolik javobgarligini sug'urtalash, avtomobillarga yo'ldagi nosozliklarga yordam ko'rsatish, “Yosh sayohatchi”, "Mening uyim – mening Vatanim", «Haydovchi himoyasi» kabi yangi sug'urta mahsulotlari ishlab chiqildi. Shuningdek, mijozlari talab va ehtiyojlariga muvofiq namunaviy sug'urta shartnomalarining shartlariga 42 ta o'zgartirish kiritilgan hamda sug'urta bozori talablaridan kelib chiqib, 103 ta sug'urta shartnomalari modernizatsiya qilingan, ya'ni shartnomaning ayrim shartlari qayta ko'rib chiqilgan.

Shuningdek, aholi uchun «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtalash», «Baxtsiz hodisalardan sug'urtalash», «Ixtiyoriy tibbiy sug'urta», «Ixtiyoriy mulk sug'urtasi» kabi 10 turdagi sug'urta mahsulotini Internet orqali sotib olish, «SMS-xabar» xizmati kabi qulayliklar yaratilgan.

Mijoz va kompaniya o'rtasida tuzilgan sug'urta shartnomasiga muvofiq qabul qilingan majburiyatlarni bajarish, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub'ektlari va jismoniy shaxslar mol-mulki, sog'lig'i va hayotiga baxtsiz hodisa oqibatida yetadigan zararlarni qoplab berish kompaniya faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Joriy yilning o'tgan 11 oyi davomida mijozlarga qariyb 9 ming sug'urta hodisasi bo'yicha jami 18,4 mlrd. so'm sug'urta qoplamalarini to'lab berilgan. Ushbu to'lab berilgan sug'urta da'volarining 73 foizi yuridik shaxslardan kelib tushgan bo'lsa, 27 foizi jismoniy shaxslar hissasiga to'g'ri keladi. Demak, har oyda o'rtacha 780 dan ortiq sug'urta da'volarini ko'rib chiqilmoqda.

“O'zbekinvest” kompaniyasi tomonidan mijozlarga qator imtiyoz va qulayliklar yaratilmoqda, jumladan yaqinda ushbu yo'nalishdagi faoliyat taomillashtirilib, sug'urta xizmatlarini ko'rsatishda ma'lumotlar almashinuvi tezkorligini ta'minlash maqsadida mijozning shaxsiy plastik kartochkasi joriy etildi. Hozirgi kunda ushbu plastik kartalar tajriba sifatida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida mijozlarga taqdim etilmoqda. Yaqin vaqt davomida Kompaniyaning kartochkalarini butun respublika bo'ylab joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Jismoniy shaxslar o'rtasida sug'urta xizmatlarini yanada ommalashtirish, sug'urta himoyasining afzalliklarini keng targ'ib qilish hamda yangi yil bayrami bilan munosib taqdirlash maqsadida yuqorida bildirilgan kompaniya plastik kartochkalar ega mijozlar o'rtasida kompaniyaning “Baxtli karta sohibi” bayram aksiyasini o'tkazdi. Unda 2017-yilning 1-noyabridan 18-dekabriga qadar sug'urta polisini xarid qilgan va plastik kartochka, ya'ni “kompaniyaga sodiqlik kartasi” egasiga aylangan mijozlar ishtirok etishdi.

Aksiyaning omadli ishtirokchilariga «O'zbekinvest» kompaniyasining qimmatbaho sovg'alari topshirildi.

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati