Mijozlar uchun qulay va tezkor xizmat ko'rsatish “O'zbekinvest” milliy sug'urta kompaniyasi faoliyatining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu yo'nalishdagi faoliyat takomillashtirilib, hududiy filiallar va sug'urta bo'limlari tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlarning aholiga yanada yaqinroq qilish maqsadida kompaniyaning shaxsiy transport vositasiga ega bo'lmagan 100 nafar yollanma xodimlari velosiped bilan ta'minlandi.
Endilikda ushbu xodimlar velosipedlar yordamida respublikaning barcha hududlarida, xususan, aholi yashash joylari, mahallalar va chekka qishloqlardagi uylarga borib majburiy va ixtiyoriy sug'urta xizmatlarini taqdim etadilar.
«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati