Joriy yilning noyabr oyi davomida «O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan jami 885 ta sug'urta da'volari ko'rib chiqilib, 863 mln. so'm sug'urta qoplamasi to'lab berildi.
Shundan 83 foizi sug'urtaning ixtiyoriy turlariga, 17 foizi esa majburiy turlar ulushiga to'g'ri keladi.
Ta'kidlash joizki, aholi sog'lig'i yoki mol-mulkiga baxtsiz hodisa oqibatida zarar yetganda unga moliyaviy ko'mak berish sug'urta kompaniyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ana shu vazifalardan kelib chiqib, «O'zbekinvest» kompaniyasi tomonidan mijozlar oldida olingan majburiyatlarni bajarish maqsadida tunu-kun ishlovchi dispetcherlik xizmati, sug'urta hodisasi yuzasidan qilinadigan har bir murojaat imkon qadar tez ko'rib chiqish hamda sug'urta qoplamasini o'z vaqtida to'lab berish tizimi yo'lga qo'yilgan.
Joriy yil boshidan buyon esa kompaniya tomonidan o'z mijozlariga jami 9096 ta sug'urta da'volari bo'yicha 29 mlrd. so'mdan ortiq sug'urta qoplamalari to'lab berilgan.
«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati