«O'zbekinvest» kompaniyasi joriy yilning I choragida 4 mlrd. so'm sug'urta qoplamalarini to'lab berdi

chop etish versiyasi
15.04.2019

Sug'urta hodisasi yuz berganda mijozlarning da'volarini imkon qadar tez ko'rib chiqib, ularning mol-mulki yoki sog'lig'iga yetgan zarar o'rnini o'z vaqtida qoplab berish «O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi faoliyatining muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Kompaniya tomonidan sug'urta himoyasining afzalliklarini tushuntirish bo'yicha olib borilayotgan tadbirlar natijasida oxirgi yillarda aholi tomonidan sug'urta xizmatlariga bo'lgan qiziqish va talab ortib bormoqda.

Joriy yilning o'tgan I choragi davomida kompaniya tomonidan 3321 ta sug'urta da'volari ko'rib chiqilib, ular bo'yicha jami 4 mlrd. so'mdan ortiq sug'urta qoplamasi to'lab berildi.

Ushbu raqamlar tahlil etilsa, to'lab berilgan sug'urta qoplamalarining 43 foizi ixtiyoriy sug'urta turlariga, qolgan qismi esa majburiy turlarga to'g'ri keladi.

Shunday qilib, joriy yilning har oyida o'rtacha 1000 dan ortiq sug'urta da'volari ko'rib chiqilgan bo'lib, asosan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtasi, ixtiyoriy tibbiy sug'urta, tashuvchining professional javobgarligi sug'urtasi, transport vositalarini majburiy va ixtiyoriy sug'urtasi bo'yicha sug'urta qoplamalari to'lab berilgan. Amalga oshirilgan sug'urta qoplamalarining 55 foizi jismoniy shaxslarga, 45 foizi esa yuridik shaxslarga to'lab berilgan.

Ta'kidlash kerakki, bugungi kunda «O'zbekinvest» kompaniyasining tunu-kun ishlovchi dispetcherlik xizmati faoliyat yuritayotgan bo'lib, ushbu xizmat mijozlar murojaatlari bo'yicha barcha ma'lumot va maslahatlarni bermoqda. Kompaniyaning maxsus assistans xizmati esa Toshkent shahri va poytaxt viloyati hududida sug'urta hodisalari yuz berganda voqea joyiga etib borib, zarur yordamni ko'rsatmoqda.

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati