“O'zbekinvest” kompaniyasida sug'urta mahsulotlarini sotish muhokama etildi

chop etish versiyasi
15.10.2018

“O'zbekinvest” milliy sug'urta kompaniyasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish, ularni sug'urta sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirish, xizmatlar sifatini oshirish maqsadida doimiy seminarlar tashkil etish amaliyoti yo'lga qo'yilgan.

Shunday tadbirlarning navbatdagisi 2018-yilning 10-12-oktabr kunlari “Sug'urta mahsulotlarini sotish texnologiyalari” mavzusida tashkil etildi. Unda kompaniyaning hududiy filiallari va bo'limlari xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga sug'urta mahsulotlarini sotish usullari, majburiy va ixtiyoriy sug'urta polislarini sotishning farqli jihatlari, zamonaviy innovatsion savdo kanallaridan samarali foydalanish, on-line tizimining rivojlanish istiqbollari, sug'urta da'volarini ko'rib chiqish kabi masalalar to'g'risida ma'lumot berildi.

Amaliy seminar yakunida o'rganilgan ma'lumotlarni mustahkamlash uchun ishtirokchilar test sinovidan o'tkazildi.

 

 

 

“O'zbekinvest” EIMSK Axborot xizmati