«O‘zbekinvest» kompaniyasining «Sayohat» sug‘urta markazi ish boshladi

chop etish versiyasi
14.10.2019

Yaqin va uzoq davlatlar bilan munosabatlarning yanada mustahkamlanayotgani va barcha sohalarda hamkorlikning kengayayotgani hamda aholi daromadining oshayotgani sababli oxirgi yillarda xorijiy mamlakatlarga sayohat qiluvchi yurtdoshlarimiz soni ko‘paymoqda.

Ma'lumki, ko‘p hollarda kishi doimiy yashab turgan joyidan uzoqlashganda noodatiy sharoit va ob-havo sababli uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq ba'zi kutilmagan o‘zgarishlarning yuz berishi xavfi yuqori bo‘ladi.

Shu sababli safarda turli muammolarga duch kelishni istamagan inson o‘z sog‘lig‘i va mulkini sug‘urta qilishni ma'qul ko‘radi. Qolaversa, ko‘pgina mamlakatlar vizasini olish uchun sug‘urta polisi ham talab etiladi.

Chet mamlakatlarga borayotgan hamyurtlarimizning moliyaviy manfaatlarini himoya qilish maqsadida «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy sug‘urta xizmatlarini taklif etuvchi yangi «Sayohat» sug‘urta markazi ish boshladi.

Yuqoridagi jihatlar inobatga olinib, Markaz tomonidan sayyohlar uchun:

- kutilmagan kasalliklar, surunkali kasalliklarning avj olishi, turli baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash;

- aviareyslarning kechikishi yoki bekor qilinishi natijasida ko‘riladigan zararlarni sug‘urtalash;

- sayohatchi bagajini va boshqa mol-mulkini sug‘urtalash va boshqa sug‘urta xizmatlari taklif etiladi.

Agar dunyoning istalgan nuqtasida safar davomida kutilmagan baxtsiz hodisa oqibatida sayyohning mulki, sog‘lig‘i yoki hayotiga zarar yetsa, tanlangan sug‘urta dasturiga muvofiq:

- tibbiy (ambulator davolash, diagnostika, laboratoriya tekshiruvi, operatsiyalarni amalga oshirish va boshqalar);

- tibbiy-transport (sug‘urtalangan shaxs va uning oila a'zolarining transportirovkasi va tibbiy repatriasiya xarajatlari);

- baxtsiz hodisa bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar 15 ming yevrodan 100 ming yevrogacha miqdorida qoplab beriladi.

Shuningdek, ushbu xizmatlarni https://www.insurance.uz/ sayti orqali O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan onlayn xarid qilish imkoniyati yaratilgan va sug‘urta polislarini Internet orqali sotib olgan mijozlarga 5 foiz chegirma ham taqdim etilmoqda.

Xorijiy mamlakatlarda safar davomida sug‘urta polisiga ega bo‘lish kutilmagan ko‘ngilsizliklarni mustaqil ravishda hal qilishga yordam beradi va ko‘plab muammolarni yengillashtiradi.

«Sayohat» sug‘urta markazi manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘pon ota ko‘chasi 6-uy

Tel: 71 207 60 00 / 78 147 07 07

Internet magazin: https://www.insurance.uz/

«O‘zbekinvest» kompaniyasi axborot xizmati