“Oʼzbekinvest” EISK АJ va Toshkent moliya instituti bilan oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisida Memorandum

chop etish versiyasi
27.03.2022

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son Qarori ijrosini taʼminlash va mamlakat sugʼurta bozoriga yetuk kadrlarni tayyorlash ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida “Oʼzbekinvest” EISK АJ va Toshkent moliya instituti bilan oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisida Memorandum tuzilgan boʼlib,memorandum asosida Kompaniya binosida institutning “Sugʼurta va pensiya ishi” kafedrasi tashkil etilgan edi.
2022 yil 5 mart kuni institutining “Sugʼurta ishi” taʼlim yoʼnalishi 3 kurs talabalari uchun maxsus oʼquv mashgʼulotlariga start berildi.
Ushbu loyihaning muhim jihati shundaki,talabalar ixtisoslikka oid nazariy bilimlarini har haftaning 5 kuni davomida olishi barobarida sugʼurta kompaniyasining tajribali va yetakchi mutaxassislari tomonidan haftaning shanba kunlari oʼtkaziladigan amaliy mashgʼulotlar asosida mustahkamlaydi.