5+1

chop etish versiyasi
27.03.2022

Ushbu loyihaning ochilish marosimida soʼzga chiqqan kompaniya “Sugʼurta maktabi” direktori B.Kamilov, institut “Sugʼurta va pensiya ishi” kafedrasi mudiri X.Shennaev loyihaning bugungi kundagi ahamiyati xususida atroflicha toʼxtalib oʼtdilar.
“5+1” formatiga asoslangan oʼquv mashgʼulotlarining dastlabki kuni talaba-yoshlarda katta qiziqish uygʼotdi.Talabalar institutda oʼqishi bilan bir qatorda kompaniyada faoliyat yuritishi mumkinligi,binobarin shu orqali qoʼshimcha daromadga ega boʼlishi qayd etildi.
Zero,2022 yil 4 mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida boʼlib oʼtgan mamlakatdagi oliy taʼlim muassasalari talabalari bandligini taʼminlash boʼyicha videoselektor yigʼilishida ham talabalarning ishlab,daromad topishi uchun qoʼshimcha imkoniyatlar yaratish vazifalari belgilangan edi.