«O'zbekinvest» sug'urta kompaniyasi tabiiy ofatlardan yetkazilgan zararlarni qoplashda davom etmoqda

chop etish versiyasi
15.06.2020

Buxoro, Samarqand va Navoiy viloyatlari hududlarini qamrab olgan kuchli shamol, shuningdek, Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi to'g'onning buzilishi natijasida ko'plab turar-joy binolari katta zarar ko'rdi.

Ushbu voqealar sodir bo'lgan kunning ertasigayoq «O'zbekinvest» sug'urta kompaniyasining xodimlari tezkor ravishda  murojaat qilgan mijozlarning uy joylariga yetib bordilar va ushbu tabiiy ofat natijasida vayron bo'lgan va ziyon ko'rgan mol-mulklarini baholash ishlarini amalga oshirdilar.

Murojaatlar tezkor ravishda  ko’rib chiqilib, eng qisqa vaqt ichida sug'urta qoplamalari amalga oshirildi, ularning hajmi joriy yilning 12 iyuniga qadar 3,8 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Hudud

Kelib tushgan murojaatlar soni

To’lab berilgan tovonlar

Buxoro viloyati

175

2 330,4

Sirdaryo viloyati

20

1 241,8

Navoiy viloyati

13

224,7

Samarqand viloyati

12

32,9

Jami:

220

3 829,7

«O`zbekinvest» sugʻurta kompaniyasi  jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiga berilgan sug'urta himoyasi bo'yicha o'z majburiyatlarini o'z vaqtida bajarishni davom ettirmoqda.

Eng muhim qadriyat - bu inson hayoti, yo'qolgan mol-mulk yoki ko'rilgan zarar esa «O'zbekinvest» tomonidan qoplanadi.