Hukumat qarori bilan «2015−2030 yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo'yicha Senday hadli dasturi» maqsadlariga O'zbekistonda erishish strategiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.
Strategiyaning bosh maqsadi 2030 yilgacha ofatlar natijasida halok bo'lganlar va jabrlanganlar sonini, shuningdek, to'g'ridan-to'g'ri iqtisodiy zararni keskin kamaytirish uchun aholi va hududlarni ofatlardan kompleks himoya qilishni kuchaytirishdan iboratdir.
Mazkur hujjat bilan, Strategiyani 2019-2030 yillarda amalga oshirish bo'yicha milliy harakatlar rejasi ham tasdiqlandi.
Rejaga muvofiq, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlar xavfi va ular etkazishi mumkin bo'lgan zararni baholashning metodologik asoslari ishlab chiqiladi.
Shuningdek, ofatlar xavfi sug'urta qilib boriladi hamda turizm ob'ektlarining xavfsizligini ta'minlash takomillashtiriladi.
«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati