“O‘zbekinvest” kompaniyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masalasida tadbir o‘tkazildi

chop etish versiyasi
07.11.2023

Joriy yilning 7 noyabr kuni “O‘zbekinvest” kompaniyasining Bosh ofisida O‘zbekiston Respublikasining energetika xavfsizligini ta'minlash, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta'minlashni tashkil etish yuzasidan kompaniya xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Shuningdek, kompaniyaning hududiy filiallari xodimlari videoselektor orqali mazkur tadbirda ishtirok etdilar.

Tadbirni “O‘zbekinvest” kompaniyasi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari R.Xalikov ochib berib, 2023 yil 14 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida energetika masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda issiqlik tarmoqlarining kuz-qish mavsvumiga tayyorgarlik holati bilan tanishib o‘tilganligi hamda ijtimoiy soha obyektlaridagi tizimda mavjud muammolarni o‘rgangan holda tayyorgarlik bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqilganligi haqida ta'kidlab o‘tdilar.

Tadbir davomida taklif etilganlar - O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasining targ‘ibot ishlari nazorati, Veolia Energy Tashkent kompaniyasi hamda “Hududgazta'minot” AJ mutaxassislari ko‘p qavatli uylarni va ijtimoiy soha obyektlarini hamda issiqlik, ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta'minoti tizimlarini mavsumga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirib o‘tdilar.

Shuningdek, taklif  etilgan mutaxassislar, ko‘p qavatli xonadonlarni va ijtimoiy soha obyektlarini hamda issiqlik, ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta'minoti tizimlarini mavsumga tayyorlash haqida foydali maslahatlar berdilar.

Tadbir yakunida kompaniyaning barcha xodimlari taklif etilgan mutaxassislarga qiziqtirgan savollarini berdilar.