Shu kunlarda "Oʼzbekinvest" EISK АJ ning Sugurta maktabi direktori B.Kamilov va Kompaniyaning katta menejeri F.Istamovlar hududiy filiallardagi sugʼurta boʼlimlar mutaxassislari va sugʼurta agentlari ishtirokida "Mijozlar bilan ishlash etikasi va muomila madaniyati", "Kompaniyaning yangi mahsulotlari va ularni sotish uslublari" mavzularida sayyor seminar-treninglarni oʼtkazmokda. Unda "Sirli xaridor" tadbirlarida joylarda aniqlanayotgan xato va kamchiliklar xaqida soʼz bordi. Mavjud kamchiliklarni toʼgʼrilash, ularni oldini olish uchun tinmay bilim egallash muhimligi taʼkidlanib, xodimlar oʼz malakalarini tizimli ravishda oshirib borishlariga xizmat qiluvchi moodle.uzbekinvest.uz oʼquv platformasidan foydalanishlari va unda joylashtirilgan maʼlumotlar bilan ishlash jarayoni tushuntirildi. Seminar-trening yakunida xodimlardan oʼquv protsesslarini yanada yaxshilash buyicha taklif va mulohazalar tinglandi hamda olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida testlar tashkil etildi.
18.10.2022