O‘zbekinvest kompaniyasi 2024 yilning 8 oyi davomida 138,8 milliard so‘m sug‘urta tovonini to‘ladi

chop etish versiyasi
11.09.2024

O‘zbekinvest eskport-import sug‘urta kompaniyasi 30 yildan buyon aholi va yuridik shaxslarning mulkiy manfaatlarini har tomonlama sug'urta himoyasi bilan ta'minlab kelmoqda. Kompaniya o‘z faoliyatida sug‘urta tovonlarini o‘z vaqtida to‘lashga alohida e'tibor qaratadi.

2024 yilning 1 yanvardan 31 iyulgacha bo‘lgan davrda kompaniyaning sug‘urta to‘lovlari miqdori 138,8 milliard so‘mni tashkil etdi. Ushbu qiymatdan 25.9 milliard so‘mi majburiy sug‘urta turlari uchun, 112.9 milliard so‘mi ixtiyoriy sug‘urta turlari uchun to‘langan.

Bitta sug‘urta hodisasi uchun eng katta to‘lov korxonadagi avariya uchun 2,03 milliard so‘m miqdorida amalga oshirildi. Bunda  korxona yaqinida joylashgan ombordagi portlash va yong‘in natijasida mijozning mulki zarar ko‘rdi.

Mulkni sug‘urtalash polisi sug‘urta qildiruvchining manfaatlarini mol-mulkning shikastlanishidan yoki to‘liq yo‘q qilinishidan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Bunday chora ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisalar oqibatlarini osonroq o‘tkazishga va moddiy yo‘qotishlarni tiklash harakatlarini minimallashtirishga yordam beradi. Yuridik shaxslar uchun mulkni sug‘urtalashning keng qamrovli shartnomasida kompensatsiya qilinadigan sug‘urta da'volarining keng doirasi ko‘zda tutilgan.