Joriy yilning 3 iyunь kuni Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining majlislar zalida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi “Sugʼurta bozorini raqamlashtirish va hayot sugʼurtasi sohasini rivojlantirish qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5265-sonli Qarori ijrosini taʼminlash va ushbu oliy taʼlim maskani bilan “Oʼzbekinvest” eksport-import sugʼurta kompaniyasi aktsiyadorlik jamiyati oʼrtasida 2021 yil 5 fevralda tuzilgan oʼzaro hamkorlik memorandumida belgilangan rejalarni amalga oshirish maqsadida “Oʼzbekinvest”SK mutaxassislari tomonidan "Sugʼurta polislarini elektron sotish yuzasidan ishlab chiqilgan “E-agent” mobil ilovasi taqdimoti va uni ishlash tizimi” mavzuida seminar tashkil etildi.
Seminarda “Oʼzbekinvest”EISK АJ “Sugʼurta maktabi” direktori B.U.Kamilov, Аxborot xizmati raxbari M.V.Shukurova va Chakana sugʼurta biznesi va sugʼurtaning elektron turlarini rivojlantirish departamenti katta menejeri S.S.Maxmudovlar ishtirok etishdi.
Mazkur seminarda universitetning rahbariyati, oʼqituvchi- xodimlari va talabalari uchun Kompaniya faoliyatidagi yangiliklar xaqida maʼlumot berildi.Soʼngra ularning boʼsh vaqtlaridan unumli foydalanish va ish bilan taʼminlagan holda qonuniy ravishda qoʼshimcha daromad topish imkoniyatini yaratuvchi Kompaniyaning mobil ilovasi bilan ishlash jarayoni amaliy uslub namunasida bosqichma bosqich koʼrsatilib oʼtildi.Tadbir soʼngida kelgusida talabalarning taʼlim jarayonini amaliyotga bogʼlagan xolda olib borish boʼyicha rejalar tuzib olindi.