Sug'urta maktabi

chop etish versiyasi
18.10.2022

Har haftaning shanba kunida "Oʼzbekinvest" EISK АJning" Sugʼurta maktabi" tomonidan Oliy taʼlim muassasalari bilan tuzilgan oʼzaro hamkorlik Memorandumlari asosida "Sugʼurta" yoʼnalishi boʼyicha tahsil olayotgan talabalarning soha boʼyicha olayotgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan integratsiyalashuviga koʼmaklashuvchi amaliy koʼnikmalardan iborat oʼquv mashgʼulotlari oʼtkazib kelinmoqda. Jumladan, joriy yil 15 oktyabrь kuni Toshkent moliya institutining "Sugʼurta ishi " yoʼnalishi 3- kurs talabalari uchun seminar boʼlib oʼtdi. Ushbu oʼquv mashgʼulotlari talabalarning sugʼurta sohasi boʼyicha egallayotgan bilimlarini mustahkamlash uchun omil boʼlib xizmat qilmoqda.