Sugʼurta daʼvolarini koʼrib chiqish va hal qilish tamoyillari

chop etish versiyasi
28.11.2022

Joriy yil 26 noyabr kuni "Sugʼurta maktabi" tomonidan Toshkent Moliya instituti bilan tasdiqlangan oʼquv dasturi asosida institutning "Sugʼurta" yoʼnalishida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari uchun "Sugʼurta daʼvolarini koʼrib chiqish va hal qilish tamoyillari" mavzuida seminar-trening oʼtkazildi. Oʼquv mashgʼulotida "Sugʼurta daʼvolarini koʼrib chiqish" departamenti Bosh menejeri Ozod Murodov taqdimot qildi. Unda "Sugʼurta hodisasining fakti, sabablari, sugʼurtalangan mulkka yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash", "Sugʼurtalovchi daʼvosini koʼrib chiqish" kabi mavzular talabalar eʼtiboriga havola etildi. "Sugʼurta maktabi" tomonidan tashkil etilayotgan bunday oʼquv mashgʼulotlari talabalarga oliygohda olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bogʼlashga,kasb koʼnikmalariga ega boʼlishga hamda kelgusida Respublika sugʼurta bozoriga yetuk soha mutaxassislarini tayyorlab berishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.