Milliy sugʼurta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash, sugʼurta xizmatlarining talab yuqori boʼlgan yangi turlarini joriy etish, isteʼmolchilarning sugʼurta bozoriga boʼlgan ishonchini oshirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustida “Oʼzbekiston Respublikasining sugʼurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4412 son qarori qabul qilinib, sugʼuta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishning asosiy yoʼnalishlari belgilab berildi. Respublika sugʼurta bozorining yetakchi Kompaniyalaridan biri boʼlgan “Oʼzbekinvest” sugʼurta kompaniyasi ana shu yoʼnalishda olib borayotgan faoliyati maboynida, xodimlarining malakasini uzluksiz ravishda jahon standartlari asosida oshirishni taʼminlash maqsadida, 2021 yil 1 iyulda “Sugʼurta akademiyasi”ni tashkil etdi va rejaga asosan seminar-treninglar, vebinarlar oʼtkazib kelinmoqda.
26.04.2022