Yoshlar - kelajagimizdir!

chop etish versiyasi
13.04.2022

Yurtimiz kelajagi boʼlmish yoshlarni  ish bilan taʼminlash maqsadida “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi  PF-4947-sonli farmoni ijrosini taʼminlash yoʼnalishida Toshkent Davlat Moliya Universitetida oʼtkazilgan "Karʼera kuni"da “Oʼzbekinvest” EISK АJning vakillari “Sugʼurta maktabi” direktori B.Komilov va Kompaniya axborot xizmati rahbari  M.Shukurovalar ishtirok etdilar. Tadbirda qator tashkilot va korxonalar bilan birga Jamiyatning videorolik taqdimoti va sugʼurta agentlarini tayyorlovchi onlayn oʼquv dasturlaridan iborat moodle.uzbekinvest.uz platformasi ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi.Shuningdek, talabalarga Kompaniya faoliyati, sugʼurta mahsulotlari va Kompaniyada yosh mutaxassislarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida maʼlumotlar berildi.

Oʼz mehnat faoliyatini “Oʼzbekinvest” EISK АJ da boshlashni hohlayotgan oʼnga yaqin talabalarni qiziqtirgan savollarga toʼliq javoblar berildi va kelgusida xamkorlikni yoʼlga qoʼyish maqsadida ular toʼgʼrisidagi maʼlumotlar olindi.