Zamonaviy sug‘urtalash texnologiyalari - xorij tajribasi

chop etish versiyasi
21.01.2022

"O‘zbekinvest" sug‘urta kompaniyasi qoshidagi "Sug‘urta akademiyasi"ning 2022 yil o‘quv-dasturiga asosan,joriy yil 20 yanvar kuni O‘zbekiston sug‘urta bozori professional ishtirokchilari uyushmasi Raisi hamda" Azimuth " sug‘urta kompaniyasi bosh direktori Oybek Nosirovich Xalilov ishtirokida Jamiyatning xududiy filiallar direktorlari va bosh menejerlari uchun seminar trening bo‘lib o‘tdi. "Zamonaviy sug‘urtalash texnologiyalari - xorij tajribasi" mavzuidagi seminar treningda sug‘urta sohasining korporativ, chakana va kichik biznes segmentlarida moliyaviy yutuqlarga erishish, tizimdagi ko‘tarilishlarni ta’minlash borasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar , undagi mavjud muammolar, ish yuritish uslublari, sohaga raqamli texnologiyaning joriy etilishidan kutilayotgan ijobiy natijalar, ushbu sohaning xorijiy tajribasi va kelgusidagi rejalar xaqida so‘z bordi. Suhbat ko‘rinishidagi seminar trening so‘nggida B2B va B2C mijozlari bilan ishlash bo‘yicha xorij amaliyoti mavzui bahs- munozaraga aylandi va ishtirokchilar o‘z savollariga to‘laqonli javob oldilar.