07.06.2023
Shu yilning 6 iyun kuni “O‘zbekinvest” kompaniyasi Bosh ofisida Toshkent moliya instituti “Sug‘urta ishi” ta'lim yo‘nalishi talabalari tomonidan bitiruv malakaviy ishlari dastlabki taqdimoti o‘tkazildi. Bunda quyidagi talabalar o‘z taqdimotlari bilan so‘zga chiqdi:
- Xudoyqulova N. “O‘zbekistonda sug‘urta tarmoqdlar, sug‘urta turlari va ularni takomillashtirish yo‘llari”
- Ergasheva F. ” Umumiy sug'urta sohasida sug'urta tashkilotlarining sug'urta zaxiralarini shakllantirish tartibini takomillashtirish”
- Ubaydulloeva M. “Sug'urta tashkilotlarida sug'urta xizmatlarini ilgari surish tizimini takomillashtirish”
Ushbu talabalarning bitiruv malakaviy ishiga “O‘zbekinvest” kompaniyasining tajribali xodimlarini ilmiy maslahatchi sifatida biriktirilgan bo‘lib, ushbu tizim O‘zbekistonda ilk bora qo‘llanilmoqda.
Kompaniya mutaxassislari tomonidan taqdimot qiluvchi talabalarga malakaviy ishdagi kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi va tavsilar berildi.