Узбекинвестда малака ошириш

Чоп этиш версияси
18.03.2022

Joriy yilning 15 mart kuni "Oʼzbekinvest"EISK АJning markaziy apparati va hududiy tuzilmalarining rahbar xodimlari uchun "Sugʼurta akademiyasi" tomonidan 15 yillik xalqaro biznes tajribasiga ega boʼlgan servis va savdo boʼyicha ekspert - Аlisher Rustamov ishtirokida “Nizo va eʼtirozlar bilan ishlash” mavzuida seminar-trening tashkil etildi. 75 nafardan ziyod ishtirok etgan mutaxassislar sugʼurta xodimi va mijoz orasidagi suhbat davomida mavjud boʼlgan nizolarning kelib chiqish sabablari, uni minimallashtirish tizimi, ishlatib boʼlmaydigan soʼzlar va instrument boʼlib xizmat qilishi mumkin boʼlgan uslublar, eʼtirozlarni bartaraf etish yoʼllari bilan ham nazariy, ham amaliy mashgʼulotlar koʼrinishida yaqindan tanishtirildi. Mashgʼulot soʼnggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga bahs – munozara yunalishida toʼliq javob berildi.Bunday seminar-treninglarni kelgusida ham davom ettirilishi oʼz navbatida xodimlarning mijozlarga koʼrsatilayotgan xizmatlari sifatini oshishiga yordam beradi.