Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimizning muhtaram faxriylari!
“O‘zbekinvest” kompaniyasi sizlarni Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi!
14-yanvar harbiy xizmatni o‘zi uchun nafaqat kasb, balki hayot-mamot masalasiga aylantirgan harbiylar bayrami sifatida haqli ravishda qabul qilinadi. Mazkur bayram – o‘z hayotini Vatan himoyasidek ulug‘ ishga bag‘ishlagan, azmu shijoatli harbiylarimizni sharaflab, xalqimiz, mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yo‘lida O‘zbekistonning mudofaa qobiliyatini ishonchli ta’minlaydigan va fuqarolarimizning tinch hayotini himoya qiladiganlarga chuqur, samimiy hurmat tuyg‘usi. Shuning uchun ham ushbu kun milliy bayram sifatida butun mamlakat tomonidan keng nishonlanadi.
2003 yil 1 yanvardan boshlab bizning kompaniyamiz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 413-sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga binoan Sizni, aziz vatan himoyachilarni ishonchli sug‘urta himoyasi bilan ta’minlaydi.
Hozirda o‘zbek armiyasining sharafli an’analarini davom ettirayotgan askar va ofitserlarni hurmat qilgan holda kompaniyamizga bo‘lgan ishonchingizni juda qadrlaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, Mudofaa vazirligi, Quruqlikdagi qo‘shinlar, Harbiy havo va Harbiy dengiz kuchlari, Milliy gvardiya hamda Davlat xavfsizlik xizmatiga samimiy minnatdorchilik so‘zlarini izhor etamiz.
Bizning kompaniyamiz sizning oilangiz va do‘stlaringizni – sizni jangovar burch va uzoq safarlardan kelishingizni kutayotgan har bir kishini samimiy tabriklaydi. Ularning barchasi ushbu bayramning quvonchini siz bilan baham ko‘rishga haqli.
Eng samimiy tabriklarimizni qabul qiling. Sizga va yaqinlaringizga doimo muvaffaqiyat, sog‘lik, farovonlik hamroh bo‘lishini tilab qolamiz.
Musaffo, tinch osmonimiz hamda boshimizda porlab turgan quyoshimiz uchun sizlarga tashakkur!