Memorandumning asosiy maqsad va vazifalari-iqtidorli bakalavriat va magistratura talabalarini sug'urta kompaniyasida stajirovka qilish, xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, sug'urta bozorida sifatli xizmatlar ko'rsatishdan iborat.
Tadbirda "O'zbekinvest" kompaniyasi bosh direktorining o'rinbosari Asatullayev Alisher Lutfullayevich va "O'zbekinvest" kompaniyasi mutaxassislari ishtirok etib, sug'urta sohasida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida so'zlab berishdi.
Tadbir yakunida universitet rahbariyati bilan joriy yil uchun "yo'l xaritasi" ni ishlab chiqish va tasdiqlash to'g'risida Memorandum asosida Oliy ta'lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga hamda Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti va boshqa Oliy o'quv yurtlari talabalarining malakasini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.