“Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi.

chop etish versiyasi
25.04.2025

Qonun bilan qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi.

Qonunga koʻra:

Yuridik shaxs boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtiradigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻzlari tomonidan yetishtiriladigan chorvachilik va oʻsimlik mahsulotlarini ixtiyoriy ravishda sugʻurta qilishi mumkin. 

Qishloq xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilishni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.

Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi jamgʻarmasi tashkil etiladi va sugʻurta tovonlari ushbu Jamgʻarma tomonidan toʻlanadi.

Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarining sugʻurta qilinishi bevosita davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi va sugʻurta mukofotlarining 50 foizi hamda sugʻurta tovonini toʻlashda Jamgʻarma mablagʻlarining yetmagan qismi byudjet subsidiyalari orqali toʻlab beriladi.

Qonun 2025 yil 17 iyuldan kuchga kiradi.