2020 yil 15 oktyabrda “Oʻzbekinvest” kompaniyasida Birlashgan Arab Amirliklarining eksport kreditlari boʻyicha davlat agentligi - “Etihad Credit Insurance” kompaniyasi bilan oʻzaro xamkorlik memorandumi imzolandi, va uning maqsadi ikki mamlakatning eksport kredit xatarlarini sugʻurtalash sohasida ushbu tashkilotlar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdir.
Oʻzbekiston sugʻurta kompaniyasi – "Oʻzbekinvest" EISK AJ va Birlashgan Arab Amirliklarining eksport kreditlari boʻyicha davlat agentligi - "Etihad Credit Insurance" (ECI) bilan ikki mamlakat tadbirkorlari oʻrtasida eksport-import operatsiyalari va investitsiyalarni sugʻurtalash boʻyicha shartnoma imzolashdi.
Ushbu shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilda BAAga tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida imzolandi va mamlakatlar umumiy qiymati 10 mlrd. AQSh doll. loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisida bitim imzoladilar.
ECI va “Oʻzbekinvest” sugʻurta kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan bitim quyidagilarni nazarda tutadi:
- eksport qilinadigan tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni va investitsiyalarni sugʻurtalash, qayta sugʻurtalash va birgalikda sugʻurtalashni taʼminlash uchun oʻzaro imkoniyatlarni yaratish;
- tijorat anderraytingi, risklarni boshqarish, daʼvolar boʻyicha maʼlumot, tajriba va biznes amaliyoti bilan almashish;
- kadrlarni oʻqitish va tajriba almashish boʻyicha qoʻshma dasturlarni tashkil etish, amalga oshirish va boshqalar.
"Etihad Credit Insurance" kompaniyasining Bosh direktori – Massimo Falьchioni shartnomani imzolash chogʻida shunday dedi: “Oʻzbekistonning turli xil resurslari va keng koʻlamli bozor islohotlari mamlakat iqtisodiy farovonligiga hissa qoʻshdi. Oʻtgan yillar davomida Oʻzbekiston BAA bilan doimo mustahkam savdo aloqalarini saqlab kelmoqda va ushbu xamkorlik ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning yana bir muhim qadamidir. “Oʻzbekinvest” bilan eksport kreditlari va moliyalashtirish boʻyicha samarali yechimlar almashinuvi, albatta, BAA va Oʻzbekistonning biznes va eksport xamjamiyatlarini rivojlantirishga munosib xissa qoʻshadi".
Taʼkidlash joizki, ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik doirasida ustav kapitali 1 mlrd. AQSh doll. teng boʻlgan qoʻshma "Oʻzbek - Arab amirliklari" investitsiya kompaniyasi oʻz faoliyatini boshladi.
Yoqilgʻi-energetika sohasi va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish ham kutilmoqda, investitsiya va sanoat hamkorligini yanada kengaytirish imkoniyatlari, xususan, Navoiy viloyatida 500 MVt va 100 MVt quvvatga ega shamol va quyosh elektr stantsiyalari qurish loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, Talimarjon IESini kengaytirish masalalari koʻrib chiqilmoqda.
“Oʻzbekinvest” kompaniyasi shu kunga qadar BAAga avtomobilь, elektrotexnika, kimyo, toʻqimachilik va qishloq xoʻjaligi sanoat korxonalari tomonidan eksport qilinadigan mahsulotlarni kompleks sugʻurtasini amalga oshirdi.
Umuman olganda, “Oʻzbekinvest” 2020 yil 9 oyi davomida 26 ta davlatga 1,09 mlrd. AQSh doll. ziyod miqdordagi tovarlar, ishlar va xizmatlarni eksport qiluvchi milliy eksportchilarga sugʻurta qoʻmagini taqdim etdi, va ushbu raqam 2019 yilga nisbatan 198 foizga oʻsgan. Aytish joizki, sugʻurta qilingan eksport mahsulotlarining butun hajmi noxom-ashyo eksporti boʻlib, yirik, qoʻshma korxonalar va kichik xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan.
2019-2020 yillarda “Oʻzbekinvest” EISK AJ dunyoning yetakchi mamlakatlarning eksport kredit agentliklari bilan 30 dan ortiq hamkorlik va oʻzaro kelishuv memorandumlarini imzoladi, jumladan: EKSAR (Rossiya), NEXI (Yaponiya), SINOSURE (XXR), “KSure” (Koreya), “UK Export Finance” (Buyuk Britaniya), COFACE (Frantsiya), SACE (Italiya) va boshqalar.