Kuni-kecha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universiteti va Toshkent moliya instituti talabalarini mehmon qilishdan xursand bo‘ldik. Iqtidorli talabalar sug‘urta sohasi bo‘yicha ilmiy maqolalarini taqdim etgan taqdimotlarini namoyish etdilar.
“O‘zbekinvest” kompaniyasi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari R. Xalikov tadbir ochilish so‘ziga chiqar ekan, sug‘urta himoyasini mamlakatimizda ommalashtirishda uning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish, shuningdek, yoshlar orasida mustahkam bilim shakllantirish muhim ekanligini ta'kidlab o‘tdilar.
Bunda “O‘zbekinvest” kompaniyasi qoshida tashkil etilgan “Sug‘urta akademiyasi” tomonidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda, jumladan, yurtimizning qator oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda memorandumlar tuzilib, u yerdagi talabalar uchun kompaniya tomonidan treninglar tashkil etilmoqda.
Eng yaxshi ma'ruzachilar kompaniya nomidan taqdirlandilar. Ishonchimiz komilki, bunday tadbirlar o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilim to‘plashga undab, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga yanada hissa qo‘shadi.
Tadbirdan olingan videoreportajni hamda kompaniya qoshidagi “Sug‘urta akademiyasi” rahbari – M. Mirsodiqov interv'yusini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://youtu.be/K5te7Lo21go