Qishki ta'til bu sayohat uchun eng ideal mavsumlardan biri hisoblanadi. Kimdir yurtimizning tog' hududlariga, kimdir chet-el mamlakatlariga dam olishga boradi. Ba'zan tayyorgarlik bilan bog'liq muammolar tufayli uyimiz uchun himoya choralarini ko'rishni unutishimiz mumkin. Bugun sizga dam olishga ketganingizda xonadoningizni qanday himoya qilish mumkinligi haqida 8 ta maslahat tayyorladik:
1. Uy gullariga g'amxo'rlik qiling
Ketishingizdan oldin gullarga suv quyishni va ularni quyosh nurlari tushadigan joylarga qo'yib ketishni unutmang. Agar uzoq safar rejalashtirilgan bo'lsa, o'simliklaringizga qarab turishni yaqinlaringizdan iltimos qiling.
2. Uyni tozalaymiz
Barchangiz bilasiz, toza va osoyishta uyga uzoq safardab qaytib kelish doimo yoqimli.
3. Muzlatgichni tozalang
Safar davomida yaroqlilik muddati tugaydigan mahsulotlardan muzlatgichni bo'shatganingiz ma'qul. Chungi uyga qaytganingizdan so'ng muzlatgichni yoqimsiz hiddan tozalash kerak bo'lishi mumkin.
4. Uy hayvonlari haqida unutmang
Hayvonlarni uyda hatto qisqa vaqtga yolg'iz qoldirish ham yaxshi g'oya emas. Yaqinlaringizni yoki do'stlaringizni ulardan xabar olishni va ularga ovqat berib turishni so'rang.
5. Derazalarni yoping
Uyni shamollatish - juda ham foydali va yaxshi bo'lsada, biz sizga xavfsizlik uchun derazalarni to'liq yopishni tavsiya etamiz.
6. Elektr jihozlarini o'chiring
Barcha elektr jihozlarini, ayniqsa, isitish vositalarini o'chirishni unutmang. Faqat uzluksiz quvvatni talab qiladigan qurilmalarni qoldirish kerak.
7. Yaqinlaringizga uy kalitini qoldiring
Favqulodda vaziyatlarda yordam berish uchun ishonchli yaqinlaringizga uy kalitini albatta qoldiring.
8. Uyingizni sug'urtalang
Uy yoki kvartira uchun sug'urta polisi xonadoningizni yong'in, portlash, o'g'irlik, suv toshqini va boshqa tez-tez uchrab turadigan qaltisliklardan ishonchli sug'urta himoyasini ta'minlaydi. Mol-mulkka zarar yetkazilganda, bu zararlarni tiklash uchun sizga 200 million so'mgacha qoplama kompaniyamiz tomonidan to'lab beriladi. Uy-joylarni sug'urta qilish polisi narxi juda ham maqbul - yiliga 14 ming so'mdan.
Uy-joy va kvartiralarning sug'urta polisini bizning saytimizda rasmiylashtiring!
Hamda, polisni bizning Uzbekinvest mobil ilovamiz orqali ham rasmiylashtiringiz mumkin.
Endi uyingiz ishonchli himoya ostida. Oq yo'l!