«O‘zbekinvest» va FALIA sug‘urta bozorini rivojlantirish hamda hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

chop etish versiyasi
12.04.2026

Toshkentda «O‘zbekinvest» EISK AJ va Yaponiyaning dunyo bo‘ylab hayotni sug‘urtalashni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi - FALIA o‘rtasida O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jamg‘arma 1962 yilda Yaponiyaning yetakchi sug‘urta kompaniyalaridan biri — Dai-ichi Life ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, 2012 yildan buyon ijtimoiy foydali tashkilot maqomiga ega. FALIA xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiradi, tadqiqotlar o‘tkazadi va sug‘urta sohasi mutaxassislarini birlashtiradi.

FALIA bilan hamkorlik doirasida sug‘urta sektori bo‘yicha 200 dan ortiq mutaxassis, jumladan, «O‘zbekinvest»ning 65 nafar xodimi tahsil oldi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar «O‘zbekinvest» va O‘zbekistonning boshqa sug‘urta kompaniyalari mutaxassislari uchun Yaponiyada stajirovka o‘tash dasturlarini kengaytirishga kelishib oldilar. Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan maqsad — hayotni sug‘urtalash, mol-mulk, investitsiyalar va moliyaviy risklar sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganishdir.