Soʼnggi yillarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi va rahnamoligida yurtimizning barcha jabhalarida, jumladan, iqtisodiyot sohasida ham keng koʼlamli islohotlar amalga oshirilishi sugʼurta bozorining jadal rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda.
“Oʼzbekinvest” sugʼurta sohasini rivojlantirishda faol ishtirok etib, ijobiy rivojlanish tendentsiyasini namoyish etdi va 2021 yilda biznesning asosiy koʼrsatkichlari boʼyicha barqaror oʼsishni taʼminladi.
“Oʼzbekinvest” kompaniyasi 2021 yildagi faoliyati yakunlariga koʼra, mahalliy sugʼurta bozorida yetakchi oʼrinni nafaqat saqlab qoldi, balki mustahkamladi,
385 milliard soʼm sugʼurta mukofotlarining yalpi yigʼilishini taʼminlab, 2020 yilga nisbatan hajmlarni 147 foizga oʼsishiga erishdi.
2016 yildan 2021 yilgacha boʼlgan davr mobaynida undirilgan mukofotlar miqdori 5 barobarga oshdi.
2021 yilda kompaniya tomonidan milliy tovar va xizmatlar eksportchilariga 1,78 milliard АQSh dollari miqdorida sugʼurta qoplamasi taqdim etildi, bu esa respublikaning noxomashyo eksporti qoplanishining
33 foizini tashkil etdi.
Kompaniyaning 2021 yilda erishgan asosiy yutuqlaridan biri xalqaro sugʼurta va qayta sugʼurtalash bozorlarida sugʼurta operatsiyalarining jadal
va barqaror rivojlanishi boʼldi, shu bois 2021 yil yakunlariga koʼra qayta sugʼurta mukofotlarining yalpi yigʼimi 20 million АQSh dollarini tashkil etdi,
bu esa 2020 yilgi ushbu koʼrsatkichdan 3 barobar koʼpdir.
Oʼtgan 5 yil davomida kompaniya sugʼurta portfelidagi xizmatlar eksportining ulushi 0,1 foizdan 43 foizga oʼsdi va 2021 yil yakuniga koʼra
15,5 million АQSh dollarini tashkil etdi.
Bu yoʼnalishda kompaniya yetakchi xalqaro transmilliy sugʼurta va qayta sugʼurta kompaniyalari hamda sugʼurta brokerlari: Allianz SE (Germaniya), Zurich Insurance Group (Shveytsariya), Tokio Marine & Nichido Fire Insurance Co (Yaponiya), AXA (Frantsiya), People Insurance Company of China (Xitoy), Korean Reinsurance Company (Koreya), Marsh (АQSh), AON va UIB (Buyuk Britaniya) va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Bu esa, oʼz navbatida, “Oʼzbekinvest” kompaniyasining soʼnggi 3 yilda xalqaro sugʼurta bozorining faol va tan olingan nufuzli ishtirokchisiga aylanganidan dalolat beradi.
Kompaniya tomonidan korporativ segmentda 336 milliard soʼm miqdorida sugʼurta mukofotlari yigʼildi va 2020 yil yakuniga koʼra 157 foizga oʼsdi.
Jismoniy shaxslarning sugʼurta segmentida esa 50 milliard soʼmdan ortiq sugʼurta mukofotlari yigʼildi, 723 mingdan ortiq shartnoma tuzildi. Bunda kompaniyaning 14 ta filial va 209 ta sugʼurta boʼlimidan iborat rivojlangan hududiy tarmogʼi muhim rol oʼynadi.
2021 yil 22 may kuni Oʼzbekiston marketing assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan uchinchi “Makon Marketing Forum” biznes-forumida “Oʼzbekinvest” kompaniyasi “Yil brendi” nominatsiyasi hamda “Oʼzbekiston sugʼurta bozori yetakchisi" nomli maxsus nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
5 yil davomida keng jamoatchilik va biznes vakillari oʼrtasida sugʼurta mahsulotlarini targʼib qilish va kompaniya nufuzini oshirish boʼyicha amalga oshirilgan faol ishlar mijozlar bazasini 5 barobarga koʼpaytirib, ularning sonini kariyb 1 millionga yetkazish imkonini berdi.
2021 yilda 89 milliard soʼm miqdorida sugʼurta tovonlari toʼlanishi taʼminlandi, bu 2020 yildagi toʼlovlarga nisbatan 19 milliard soʼmga koʼpdir.
Shu jumladan, milliy eksportchilarga toʼlangan sugʼurta tovonlari 25 milliard soʼmni tashkil etdi.
“COVID-19” pandemiyasining faol bosqichida kompaniya oʼz mijozlariga 19 milliard soʼm sugʼurta toʼlovlari toʼlab berdi, bu esa pandemiya va iqtisodiy faollikning pasayishi davrida ushbu kasallikdan jabrlanganlarga sezilarli ijtimoiy yordam boʼldi.
Kompaniyaning ishonchliligi va moliyaviy barqarorligi yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan 2021 yilda yana bir bor tasdiqlandi. Masalan, 2021 yil fevral oyida kompaniya A.M. Best Company (АQSh) tomonidan “Barqaror” prognozi bilan «bb» xalqaro kredit reytingini oldi, shu oʼrinda kompaniya eng yuqori reyting sohibiga aylandi va bu 2022 yil mart oyida yana bir bor tasdiqlandi. "Oʼzbekinvest" sugʼurta kompaniyasi ushbu agentlikning xalqaro reytingi bilan baholangan respublikadagi birinchi va yagona tashkilot boʼlib qolmoqda.
Shuningdek, 2021 yil iyul oyida “Moodys Investors Service Ltd.” tashkiloti kompaniyaning moliyaviy barqarorlik reytingini «Barqaror” prognozi bilan “Ba3” darajasida tasdiqladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan belgilab berilgan vazifalarga muvofiq, “Oʼzbekinvest” sugʼurta kompaniyasi “Inson manfaatlarini taʼminlash va mahallani rivojlantirish yilida” oʼz faoliyatining eng muhim ustuvorliklari va yoʼnalishlarini belgilab oldi.
Kompaniya respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish boʼyicha davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlashni hamda tovar,
ish va xizmatlarning milliy eksportyorlarini har tomonlama qoʼllab-quvvatlashni davom ettiradi.
“Mahallabay” tizimi doirasida respublikaning mahalla va posyolkalari, qishloq va shahar aholisining keng qatlamlarini sugʼurta himoyasi bilan taʼminlash boʼyicha ishlar koʼlamini tubdan kengaytiradi.
Investorlar va investitsiya loyihalarini sugʼurta qilish boʼyicha faol ishlar, shu jumladan, erkin iqtisodiy, kichik sanoat va ixtisoslashtirilgan hududlarda davom ettiriladi.
Joriy yilda kompaniya oldidagi eng muhim vazifalardan biri – elektron polislarga ommaviy oʼtishni taʼminlash va aholiga sugʼurta xizmatlarini onlayn sotishni kengaytirish, mijozlarga xizmat koʼrsatishning «Face ID» biometrik axborot tizimini joriy etish, sugʼurta daʼvolarini onlayn tarzda taqdim etishning interaktiv tizimini ishlab chiqish, Internetda, milliy veb-resurslarda va global qidiruv tizimlarida kompaniyaning marketing targʼibotini kengaytirishdan iboratdir.
29.03.2022