“O’zbekinvest”dan yo’llar muz bilan qoplanganda avtomobilni qanday boshqarish kerakligi haqida 5 ta maslahat:
OYNALAR VA FARALARNI QORDAN TOZALAYMIZ: avtomobilda qo’zg’alishdan oldin oynalarni, tomni, kapotni, faralarni va tumanga qarshi faralarni yaxshilab qordan tozalash zarur.
RULGA TO’G’RI O’TIRING: avtomobilni ikkala qo'l bilan ham boshqarish zarur, qo'llarning bosh barmoqlarini rulning yuqori qismiga qo'yish kerak – bunda haydovchi yo’lni yaxshiroq sezadi va bu tog’ri harakat qilishiga imkon beradi. Rulgacha bo’lgan masofani ham optimal holatga keltirish kerak: orqa suyanchiqga suyanganingizda, qo’lingizni rulga erkin qo'yishingiz kerak.
HAYDASH USLUBINI O'ZGARTIRAMIZ: muz bilan qoplangan yo’lda yurgan odam odatda keskin harakatlar qilmaydi, chunki yiqilib tushishdan qo'rqadi. Majoziy ma'noda, yaxlagan yo'lda mashinani haydash ham piyoda yurgan kabi: keskin harakatlarsiz burilish, tormoz berish va sekinlashish zarur.
MASOFANI NAZORAT QILAMIZ VA SAMARALI TARZDA TO’XTAYMIZ: nafaqat oldingizdagi avtomobil bilan bo’lgan masofani, balki orqadagi mashina bilan ham masofani nazorat qilish muhimdir. Orqangizdan birortasi taqab kelayotganini ko’rsangiz, tormozni biroz bosing - tormoz chiroqlari yonib, orqadagi haydovchi ham sekinlashadi. Yaxlagan yo'lda, tormozlanishning eng to’g’ri usuli bu tormoz pedalini tez-tez bosib va qo’yvorishdir. Hech qanday sharoitda tormozni bosish va bir vaqtning o'zida rulni burish mumkin emas. Bunda old aylanadigan g'ildiraklar harakat yo'nalishini o'zgartirmaydi.
BOSHQARUVNI YO'QOTMAYMIZ: boshqaruvni yo'qotish deganda ikkita narsa tushiniladi: avtomobil burilmasligi (oldingi o'qning ishdan chiqishi) va mashinaning aylanib ketishi. Old o'q boshqarilmasa va avtomobil burilmasa, rulni biroz qo’yib yuborib, yana asta-sekin burish kerak. Agar gaz pedalini biroz qo’yib yuborsangiz, mashina oldinga egiladi, old g'ildiraklar yerga ko’proq bosiladi va avtomobil yaxshiroq tormozlanadi. Sirpanish paytida, eng muhimi, rulni sirpanish tomon aylantirish - ya'ni, yurish kerak bo'lgan yo'nalishda burish kerak. Agar mashinaning orqa g'ildiraklari yetakchi bo’lsa – gazni biroz kamaytiramiz va tezlikni tushiramiz, old g'ildiraklar yetakchi bo’lsa, aksincha, biroz tezlashamiz.
Shuningdek, "O'zbekinvest" dan bonus “lifehack”: o'zingizni va mulkingizni oldindan himoya qiling va KASKO avtosug'urta polisini rasmiylashtirib qo’ying. KASKO sizning avtomobilingizni turli xavflardan himoya qiladi, shu jumladan yomon ob-havo va yaxlangan yo’llarda kelib chiqishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalar ro’y bersa, moliyaviy yordam bo’ladi. KASKO bilan siz atigi 2 kun ichida to'lovni olib, bepul taksi xizmati, evakuator, “hushyor haydovchi” va shu kabi boshqa bepul xizmatlardan foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, bizning avariyaviy komissarlarimiz sizni bir chashka issiq qahva bilan mehmon qilishadi.
Bu yerda issiq ko’rpa tagidan chiqmasdan onlayn KASKO polisini bepul yetkazib berish bilan rasmiylashtiring: www.insurance.uz