Majburiy avtosug'urta polisni rasmiylashtirmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

chop etish versiyasi
04.02.2021

Qonunga muvofiq, har bir avtomobil egasi va transport vositasining haydovchisi majburiy avtoulov sug'urtasi polisiga ega bo'lishi shart. Biroq, bunga qaramasdan, ayrim haydovchilar polisni o'z vaqtida rasmiylashtirmaydilar. Bugun biz ushbu polisni rasmiylashtirmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi haqida yozishni qaror qildik.

Yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima

Yo'l qoidalarining 7-bandida transport vositasining har bir haydovchisi avtomobil egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtasi polisiga ega bo'lishi kerakligi ko'rsatilib o'tilgan. Agar sizda bu sug'urta polisi bo'lmasa yoki uning amal qilish muddati tugagan bo'lsa, siz 223 000 so'm jarima to'lashingiz kerak bo'ladi.

O'z hisobdan zararni qoplash

Shuni unutmangki, majburiy avtoulov sug'urtasi ijtimoiy himoya vositalaridan biridir va u sizning aybingiz bo'yicha boshqa transport vositalariga yoki uchinchi shaxslarning sog'lig'iga yetkazilgan zararni qoplashga yordam berishga qaratilgan. Sizning aybingiz bilan yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda sizda TVEFJMS polisi bo'lmasa, zarar ko'rgan tomonlarga o'z hisobingizdan avtomobilni ta'mirlash va sog'liqni tiklash uchun pul to'lab berishingiz kerak bo'ladi (alvido uzoq kutilgan dam olish va o'n ikkinchi "iPhone"). Sug'urta polisi esa sizga 40 million so'mgacha zararni qoplash uchun yordam beradi.

40 ming so'm* tejash fikri siz uchun bir necha yuz ming, hatto million so'mga teng muammoga aylanishi mumkin. "O'zbekinvest" da siz web-sahifa yoki mobil ilovamiz orqali atigi 3 daqiqa ichida majburiy avtosug'urta polisini onlayn tarzda rasmiylashtirishingiz mumkin. Polisni esa respublikaning istalgan nuqtasiga mutlaqo bepul yetkazib beramiz.

Majburiy avtosug'urta va boshqa turdagi sug'urta xizmatlari onlayn bu yerda: http://www.insurance.uz

Mobil ilovamizni yuklab oling:

Androiduchun:https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.untec.uzbekinvest iOS uchun: https://apps.apple.com/uz/app/ozbekinvest/id1532657218

Qo'ng'iroqlar markazi - 71 207 60 00

*TVEFJMS polisi narxi polis turi va transport vositasini ro'yxatdan o'tkazish hududiga qarab 40 mingdan 168 ming so'mgacha belgilanadi.