Sertifikatlashtirish bo‘yicha xalqaro organ CERT International (Slovakiya) "O‘zbekinvest" EISK AJning ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligini tasdiqladi.
ISO 9001:2015 - bu butun dunyoda tan olingan sifatni boshqarish standarti. ISO 9001:2015 ni qo‘llash mijozlarga sifatli xizmat va servis ko‘rsatish kafolatlarini olishga yordam beradi.
Sertifikatlangan SMTning mavjudligi bir qator asosiy afzalliklarni beradi:
- xizmatlar sifatini va mijozlarga yo‘naltirilganlikni oshirish;
- ichki jarayonlar va xarajatlarni optimallashtirish;
- hamkorlar, regulyator va mijozlarning obro‘si va ishonchini mustahkamlash;
- o‘zgarishlarga tayyorlik va operatsion xatarlarni boshqarishning qurilgan tizimi.
"O‘zbekinvest" milliy sug‘urta bozorida birinchilardan bo‘lib ushbu standart bo‘yicha sifatni boshqarish tizimini joriy etdi. SMT kompaniya faoliyatiga 2004 yildan boshlab joriy etilgan.
Navbatdagi qayta sertifikatlashtirish auditi CERT International (Slovakiya) xalqaro sertifikatlashtirish organi tomonidan o‘tkazildi, unda kompaniya faoliyatining quyidagi kuchli tomonlari qayd etildi:
- xizmatlarni diversifikatsiya qilish va moliyaviy barqarorlikni oshirish bo‘yicha faol ish olib borish;
- professional jamoa va bo‘linmalar rahbarlarining yuqori kompetentligi;
- barcha xodimlarning lavozim majburiyatlarini bajarishga mas’uliyatli munosabati;
- menejment tizimining faoliyat ko‘rsatishi masalalarida yuqori rahbariyat tomonidan yetakchilikni namoyish etish va boshqalar.
Sifat menejmenti tizimining ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha qayta sertifikatlanishi ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga "O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan respublika sug‘urta bozorida rivojlanish, raqobatbardoshlik va yetakchi o‘rinni ta’minlashning strategik asosi sifatida qaralayotganligining tasdig‘idir.
Sug‘urta xizmatlari iste’molchilari uchun ISO 9001:2015 sertifikati mavjudligi kompaniyaning yuqori darajadagi ishonchliligi va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning xalqaro standartlarga muvofiqligidan dalolat beradi.