“O‘zbekinvest”da davlat tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

chop etish versiyasi
15.10.2025

Joriy yilning 15 oktyabr kuni “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Bayramga O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbek milliy akademik drama teatri adabiy emakdoshi Usmon Azim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo hamda shoir, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shuhrat Orif ishtirok etishdi.

Tadbirda o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda bosib o‘tilgan qiyinchiliklar, bugungi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlat tilining nufuzini yangi pog‘onaga olib chiqish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.

So‘zga chiqqanlar tilning inson qalbidagi muqaddas o‘rni, uni asrash va avlodlarga yetkazish mas’uliyati haqida samimiy fikrlar bildirdilar.

Bayram doirasida kompaniya xodimlari o‘rtasida she’rxonlik va milliy adabiyotni tanishga bag‘ishlangan viktorina tanlovlari o‘tkazilib, g‘oliblar sovrinlar bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, Kompaniyaning barcha xodimlariga Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab, Oybek, Zulfiya, Pirimqul Qodirov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf va boshqa o‘zbek adiblarining kitoblari sovg‘a qilindi.